5PM0437 · 60 soat

Cyber Academy

Kiberxavfsizlik boʻyicha interaktiv taʼlim platformasi

6
Modul
11
Bob
55
Mavzu
154
Test savoli

Platforma qanday ishlaydi

Oʻqish yetarli emas — qaror qabul qilish kerak

Har bir mavzu kasbiy vaziyat bilan yakunlanadi. Javob bergach, tizim shunchaki «notoʻgʻri» demaydi: nima uchun xato ekanini tushuntiradi va shu holatda qanday himoya chorasi qoʻllanishi kerakligini koʻrsatadi.

Oʻng tomondagi uchta vaziyat — I bobning birinchi amaliy mashgʻulotidan olingan haqiqiy topshiriq. Sinab koʻring.

1-bob · §1.1 · CIA uchligi1 / 3

Anvar barcha xodimlar uchun bitta umumiy parol oʻrnatdi: techno2025. Dilnoza ham, hisobchi Sarvar ham shu parolni biladi. Kim tizimga kirganini aniqlab boʻlmaydi.

Qaysi xususiyat buzilgan?

Har bir bob real voqeadan boshlanadi

Nazariya quruq taʼrifdan emas, sodir boʻlgan hodisadan kelib chiqadi. Talaba avval «bu bilim nima uchun kerak?» degan savolga javob oladi.

2013-yil oktabr oyida Adobe kompaniyasi jiddiy hujumga uchradi. Bazada 153 milliondan ortiq hisob yozuvi bor edi. Mutaxassislarning eʼtiborini voqea koʻlami emas, parollar qanday saqlangani tortdi: ular xeshlash oʻrniga shifrlangan, ustiga-ustak bir xil parol bazada aynan bir xil shifrmatn bilan yozilgan edi. Parolga beriladigan maslahatlar esa ochiq matnda qolgan.
IX bob · Identifikatsiya va autentifikatsiya

Mundarija

Oʻquv qoʻllanmaning tuzilishi oʻzgarmagan: olti modul, oʻn bir bob, 55 mavzu.

Barcha darslar →

Boblararo ssenariy

«Raqamli Yechim» MChJ

Kurs davomida bitta kompaniya kuzatib boriladi. U oʻsadi, tizimlari koʻpayadi va har bobda yangi xavfsizlik muammosiga duch keladi: parollar tartibsizligi, virus epidemiyasi, hujjatlar sirining oshkor boʻlishi, toʻlov tizimidagi zaiflik.

Muammolarni axborot xavfsizligi mutaxassisi Otabek hal qiladi, yechimlarni dasturchi Bekzod amalga oshiradi. Talaba har bir yangi tushunchani oʻziga tanish vaziyat kontekstida oʻrganadi — mavhum misolda emas.

Birinchi bobdan boshlang

Roʻyxatdan oʻtish bepul. Progress, test natijalari va topshiriqlaringiz shaxsiy kabinetda saqlanadi.